Axsikentda ming yillik artefaktlar aniqlandi

Axsikent arxeologik yodgorligidagi XI qazuv maydonida olib borilgan tadqiqotlar davomida arxeologlar tomonidan muhim tarixiy topilmalar aniqlandi.
Qazuv jarayonida 10 metrga 15 metrlik perimetrning quyi qatlamidan eramizning I–II asrlariga oid qizil angobli keramik koʻzacha butun holda topildi. Mutaxassislar ushbu idish tibbiy maqsadlarda, xususan, davolash uchun moʻljallangan suyuqliklar — ehtimol simob saqlash uchun xizmat qilgan, degan fikrni bildirishmoqda.
 Simob — tabiiy sharoitda suyuq holatda uchraydigan va yuqori reaktiv xususiyatlarga ega boʻlgan modda sifatida oʻtmishda tibbiyot, sanoat va harbiy sohalarda keng qoʻllanilgan. Manbalarga koʻra, oʻrta asrlarda Axsikentda simobdan foydalanish texnologiyasi mavjud boʻlgan.

Qazuv perimetrining yuqori qatlamlarida (XI–XII asrlar) ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid bir qancha ashyolar — simob saqlash idishlari, siyohdon, kimyoviy moddalar va geologik elementlarni ajratuvchi ustaxona (laboratoriya) qoldiqlari aniqlandi.
Ushbu topilmalar nafaqat Axsikent aholisining kundalik hayoti, balki oʻrta asr ilm-fani, kimyogarlik va geologiya sohalaridagi bilim va tajribalari haqida ham qimmatli maʼlumot beradi.
 Qazuv davomida, shuningdek, aholining turmush tarzi va estetik didini aks ettiruvchi buyumlar — murgʻobi haykalchasi, karvonlarda olib yuriladigan flyaga, naqshinkor oʻyinchoqlar, beshik idishlari, shuningdek, mis va bronza tangalar, turli metall buyumlar topildi.

Joriy mavsumning oʻzida 4000 ga yaqin arxeologik artefakt va 4 ta yirik muhandislik inshooti aniqlangani — Axsikentning jamiyat, ilm va hunar markazi sifatidagi oʻrnini yanada mustahkamlaydi.
Maʼlumot uchun, London universiteti huzuridagi Arxeologiya instituti va Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida “Poʻlat yoʻli” va “Bronza yoʻli” loyihalari doirasida Axsikent tarixi va poʻlat ishlab chiqarishga oid eksponatlar tadqiq qilinmoqda. Ushbu loyihalar oʻzbek olimlari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda va markaz muzeyi ekspozitsiyasida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Ko‘p o‘qilgan
 
          Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
 
          Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
 
          Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi