Yana bir davlatda Alisher Navoiy haykali oʻrnatildi
Qirgʻizistonning Oʻsh shahrida buyuk oʻzbek mutafakkiri va shoiri Alisher Navoiyga haykal oʻrnatildi. Bu madaniy-maʼrifiy tadbir turkiy xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va maʼnaviy hamkorlik ramzi sifatida qayd etilmoqda.
Haykal ochilish marosimida Xalq deputatlari Oʻsh shahar Kengashi raisi Bolotbek Bayetov soʻzga chiqib, Alisher Navoiyning bebaho ilmiy va adabiy merosi nafaqat oʻzbek xalqi, balki barcha turkiy millatlar uchun umumiy gʻurur manbai ekanini taʼkidladi.
— Navoiy merosiga hurmat va ehtirom koʻrsatish har bir turkiy xalq vakilining burchi, — dedi u.
Mazkur haykal Oʻsh shahridagi tarixiy joylardan birida oʻrnatilib, uning atrofida Navoiy asarlarini oʻrganish va targʻib qilishga qaratilgan madaniy tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Aytish joizki, Alisher Navoiy haykallari boshqa bir qator davlatlar xususan, Turkiya, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Eron, Xitoy va hatto Koreya kabi mamlakatlarda ham ulugʻ mutafakkirning haykali qad rostlagan. Bu esa Navoiy merosining jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni va uning universal qadriyatlarga boy ijodi butun insoniyat uchun muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
