“Olim sifatida men bu hujjatlarni hali hech qayerda koʻrmagandim!”

 

 

    Oʻzbekistonda televideniyaning yaratilishiga doir hujjatlar orasida tarix uchun beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan yangi topilmalar aniqlandi. Bu haqida filologiya fanlari doktori, dotsent Perxan Allambergenova maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston milliy arxivida P. A. Grabovskiy va I. F. Belinskiy ixtirosiga oid boʻlgan, bugungacha ommaga maʼlum boʻlmagan bir nechta arxiv hujjatlari kashf etildi. 

 

    “Bu hujjatlar hech qayerda eʼlon qilinmagan. Men — televideniye tarixi boʻyicha ilmiy tadqiqot olib borgan, dissertatsiya himoya qilgan olim sifatida — bu hujjatlarni hali hech qayerda koʻrmagan edim. Ular texnik loyiha chizmalari va ixtironing patentlanganligi xususida huquqiy hujjatlar boʻlib, bu — yangi bosqich, yangi sahifa” — deydi Perxan Allambergenova.

 

 

    Topilgan hujjatlar asosida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining kompozitsiyalarini boyitish maqsadida fotoalbomlar, videoroliklar, portretlar va tarixiy materiallar tayyorlanishi rejalashtirilgan.
 

Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati