Oʻzbekistonda Xalqaro xattotlik va kitobat sanʼati maktabi tashkil qilinmoqda

Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar tanlov yoʻli bilan qabul qilinadi. Har bir guruhlarda 12 nafargacha oʻquvchilar boʻlishi koʻzda tutilgan. Oʻquvchilar shunchaki xattotlik bilangina shugʻullanibgina qolmay, yozuv tarixi, oʻzbek, arab, fors tillari va yozuvi, husnixat, Gʻarb mamlakatlarida husnixat (lotin yozuvi), Sharq mamlakatlarida husnixat (arab, lotin, kirill yozuvlari), Kitobat sanʼati bilan tanishuv kabi fanlarni oʻzlashtiradi. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan ilmiy kengash yigʻilishida ushbu maktabni tashkil qilinishi va faoliyati taqdimot qilindi.

 

Kitobat sanʼati Sharq mamlakatlari, xususan, yurtimiz hududida oʻziga xos yoʻnalishda tadrijiy taraqqiy etgan, qadimiy va bebaho sanʼatdir. Bu yoʻnalishda ajdodlarimiz koʻchirgan qoʻlyozma asarlar betakror husnixati, islimiy naqshlari, tilla suvi bilan sayqallangani qariyb 1000 yil muqaddam ham xos kishilarning hayratiga sazovor boʻlgan.

 

Bugungi kunga kelib kitoblar bosmaxonalarda bir paytning oʻzida minglab, millionlab nusxada nashr qilinsa-da, qoʻl mehnatining, ayniqsa, xattotlik sanʼatining oʻrni hanuzgacha beqiyosdir. Quvonarlisi, ajdodlarimizning merosini asrab-avaylash bilan bir qatorda, bu yoʻnalishda yosh shogirdlarni oʻqitish imkoniyati yaratilmoqda.

 

Madaniy merosni tiklash, yosh avlodni maʼnaviy ruhda tarbiyalash, xattotlik sanʼatini xalqaro darajada tanitish, Oʻzbekistonning jahon madaniy markazlaridan biri sifatida rivojlantirish maqsadida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tasarrufida Xalqaro xattotlik va kitobat sanʼati maktabi tashkil qilinmoqda. Maktab faoliyati Buyuk Britaniya qirollik jamgʻarmasi huzuridagi Anʼanaviy sanʼat turlari maktabi, UNESCO, Islom hamkorlik tashkiloti, IRCICA (Turkiya), Tehron Xattotlik markazi (Eron), Muhammad ibn Salmon markazi (Saudiya Arabistoni), Sharja markazi (BAA) kabi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladi. Maktabga 6 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan oʻquvchilar tanlov yoʻli bilan qabul qilinadi. Yosh boʻyicha: 6-12 yoshlilar guruhi (boshlanich maʼlumot), 13-24 yoshlilar guruhi (davomchilar), 25 yoshdan yuqori (mahoratga erishish, soha magistrlarini tayyorlash) guruhlariga boʻlinadi. Har bir guruhlarda 12 nafargacha oʻquvchilar boʻlishi koʻzda tutilgan. Oʻquvchilar shunchaki xattotlik bilangina shugʻullanibgina qolmay, yozuv tarixi, oʻzbek, arab, fors tillari va yozuvi, husnixat, Gʻarb mamlakatlarida husnixat (lotin yozuvi), Sharq mamlakatlarida husnixat (arab, lotin, kirill yozuvlari), Kitobat sanʼati bilan tanishuv kabi fanlarni oʻzlashtiradi. Eʼtiborlisi, darslarning amaliyotda qoʻllanishiga alohida eʼtibor beriladi.

 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtgan navbatdagi ilmiy kengash yigʻilishida ushbu maktabni tashkil qilish va faoliyati haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.