Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari zamonaviy talqinda

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida yaratilayotgan yangi ekspozitsiya — bu nafaqat tarixga sayohat, balki Islomgacha boʻlgan ulkan maʼnaviy merosni zamonaviy koʻz bilan koʻrish imkonidir. Hozirgi kunda mazkur markazda Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari ekspozitsiyasini shakllantirish ishlari jadal ketmoqda. Ushbu jarayonda tarixchilar, taniqli mutaxassislar va turk dizaynerlari hamkorlikda faol ish olib bormoqda.
“Ekspozitsiya 6 ta yoʻnalishni oʻz ichiga oladi: Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Soʻgʻd, Fargʻona va Choch sivilizatsiyalari hamda ularning oʻzaro bogʻliqligi va xalqaro ahamiyatini aks ettiradigan qadimgi savdo yoʻllari boʻlimi” — deydi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi boʻlim mudiri, tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori Dilafruz Karimova.
Ayni paytda xorijdan saralab olingan noyob eksponatlar ham ushbu ekspozitsiyaga moslashtirish rejalashtirilmoqda. Shular qatorida respublika muzeylarida saqlanayotgan, avval kiritilmagan tarixiy ashyolar ham roʻyxat asosida tanlab olinmoqda.
“Ilgarigidan farqli oʻlaroq, endi ekspozitsiyada koʻplab yangi ashyolar va oʻziga xos yondashuvlar paydo boʻladi” — deydi mutaxassis.
Ko‘p o‘qilgan
 
          Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
 
          Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
 
          Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
 
           
     
     
     
    