“Jadidchilik — faqat maorif emas, sof siyosiy harakat ham edi” – tarixchilar
   

   Sobiq sovet mafkurasi uzoq vaqt davomida yashirib kelgan tarix — “Yosh buxoroliklar” va “Yosh xivaliklar” harakatlari haqidagi haqiqatlar, nihoyat, xalq oldiga chiqmoqda. Bu haqda Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bosh ilmiy xodimi Bahrom Irzayev maʼlum qildi.
“Bu harakatlar jadidchilikning siyosiy qanotini tashkil qilgan. Ular 4 yildan ortiq yashamagan boʻlishi mumkin, lekin Buxoro Xalq Shoʻro Jumhuriyati hamda Xorazm Xalq Shoʻro Jumhuriyati — keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasining vujudga kelishida beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan. Ular yaratgan konstitutsiya, huquqiy hujjatlar va xatlar nafaqat yoshlar uchun, balki tarixchilarning oʻzi uchun ham yangilikdir” — deydi B. Irzayev.

Muzey tomonidan tayyorlanayotgan “Yosh buxoroliklar harakati” va “Yosh xivaliklar harakati” mavzusidagi kompozitsiyalar doirasida ayni shu tarixiy hujjatlar, arxiv manbalari va yozishmalar namoyish etiladi. Sovet davrida unuttirilgan haqiqat bugun yangi yondashuv bilan tadqiq etilmoqda.
“Biz shuni koʻrsatishni istaymizki, jadidchilik nafaqat maorif, balki mustaqil Turkiston gʻoyasi yoʻlidagi siyosiy harakat ham boʻlgan” — deydi Bahrom Irzayev.
Ko‘p o‘qilgan
 
          Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
 
          Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
 
          Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
 
           
     
     
     
    