Oʻzbekiston va Malayziya: ilmiy meros yoʻlida yangi bosqich!
Bugun Malayziya milliy universiteti huzuridagi Islom sivilizatsiyasi instituti hamda bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Islom sivilizatsiyasi mutafakkirlari” V xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani boʻlib oʻtdi.
Anjumanda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Gulnora Gʻaniyeva Malayziya bilan ilmiy-maʼrifiy hamkorlikning yangi bosqichi haqida maʼlumot berdi.
Uning taʼkidlashicha, Malayziya Islom sanʼati muzeyi Oʻzbekistonlik tadqiqotchilar uchun 100 mingdan ortiq qoʻlyozma va nodir asarlarning elektron nusxalaridan foydalanish huquqini taqdim etgan.
Shuningdek, “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasi doirasida Malayziyada saqlanayotgan tarixiy manbalar asosida kitob-albom tayyorlangan boʻlib, uning taqdimotlari Malayziya taʼlim muassasalarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Anjuman doirasida Universiti Kebangsaan Malaysia (UKM) – Malayziya Milliy Universiteti va Oʻzbekiston olimlari ishtirokida ekspertlar jamiyatini tuzish, shuningdek, istiqbolli ilmiy loyihalar ustida hamkorlik qilish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Anjumanda quyidagi tashkilotlar vakillari faol ishtirok etdi:
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita
- Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
- Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
- Islom sivilizatsiyasi markazi
- Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
- Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti
Mazkur xalqaro muloqot islomiy ilmiy merosni chuqurroq oʻrganish, uni global miqyosda targʻib qilish va hamkorlikda yangi tashabbuslarni yoʻlga qoʻyishda muhim qadamlardan biri boʻldi.
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
