Artefakt. Ostadon

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasidan oʻrin olishi kutilayotgan qoʻlda yasalgan loy ostadonning tarixi VI asrga borib taqaladi. Ostadon devorlarida arka ostida mehrob oldidagi kohinlar tasvirlangan.
Inson hayotidagi uchta asosiy voqea — tugʻilish, toʻy va oʻlim marosim jarayonlari bilan birga boʻlib, ularning tabiati oʻsha davrning tarixiy sharoitlariga, davrning diniy eʼtiqodlariga va maʼlum bir xalqning kundalik turmush tarzi anʼanalariga bogʻliq. Oʻzbekiston sanʼati tarixi davomida insoniyat hayotidagi bu taqdirli voqealar sanʼat va meʼmorchilik yodgorliklarida bevosita yoki bilvosita oʻz aksini topgan. Zamonaviy ongda oʻlim tushunchasi umidsiz qaygʻu va tuzatib boʻlmaydigan yoʻqotish bilan ajralib turadi, ammo antik davr va ilk oʻrta asrlar diniy qarashlarida insonlar ushbu muqarrar hodisaga nisbatan qaygʻu va motamsarolik tuygʻular maʼnosini mutlaq oʻzgartirishga muvaffaq boʻlishgan. Bu qadimda Xorazmda paydo boʻlgan, ilk oʻrta asrlarda Soʻgʻd hududiga tarqalgan sopol ossuariylar — maxsus ostadonlarning — shakl va tasviriy syujetlarida oʻz ifodasini topdi.
    Zardushtiylikka eʼtiqod qiluvchilar ostadon va shunga oʻxshash mahalliy dafn marosimlar tarafdorlari tomonidan qabul qilingan oʻlimdan keyingi barhayotlik gʻoyasi salbiy his-tuygʻulardan himoyalash vositalaridan biri edi. Boshqa tomondan, ostadonlardagi tasviriy sahnalardan koʻrinib turibdiki ushbu marosimlarda, tabiatning oʻlishi va tirilishi turkumiga monand hayot va oʻlimning ketma-ketligi haqidagi qadimgi gʻoyalar kesimida idrok etilgan. Mintaqada miloddan avvalgi IV–III asrlarda paydo boʻlgan birinchi haykalli deb atalgan ostadonlar Xorazm vohasiga tegishli.
 
Ko‘p o‘qilgan
 
          Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
 
          Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
 
          Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
 
           
     
     
     
    