Islom sivilizatsiyasi markazida ishchi muhokamalar davom etmoqda




 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan barpo etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida ochilish oldidan ekspozitsiya mazmuni, texnik jihozlar va kino mahsulotlari boʻyicha uchrashuv boʻlib oʻtmoqda.


    Unda eksponatlar, ularning ilmiy-tarixiy qiymati, joylashuvi hamda taqdimot uslublari muhokama qilinmoqda. Shuningdek, raqamli texnologiyalar, interaktiv uskunalar va Vaqt devorida namoyish etiladigan video hamda animatsiyalar gʻoyasi yuzasidan fikr almashilmoqda.

   
    Kinematografiya vakillari tomonidan tayyorlanayotgan qisqa metrajli filmlar orqali islom sivilizatsiyasining jahon ilm-faniga qoʻshgan hissasini keng jamoatchilikka yetkazish rejalashtirilmoqda.


    Temuriylar davri alohida tarixiy bosqich sifatida koʻrib chiqilib, bu davrning boy ilmiy merosini zamonaviy ekspozitsion yechimlar orqali yoshlarga yetkazish masalalari muhokama etilmoqda. 

 

Ayni paytda Ishchi guruh yigʻilishi davom etmoqda...