Rossiyaning nufuzli kompaniyasi bilan onlayn muloqot boʻlib oʻtdi
   

    Xabaringiz bor, mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bunyod yetilmoqda. Bunda ushbu majmuani zamonaviy artifaktlar, innovatsion loyihalar bilan boyitish boʻyicha xorijning nufuzli kompaniyalari bilan qator hamkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. 

Ana shu maqsadda Rossiyaning nufuzli "Sila Sveta" kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.
Unda markazda "Yangi Oʻzbekiston–Yangi Renessans poydevori" boʻlimini tashkil yetishda xalqaro tajriba mavzusida fikr almashildi.
    Onlayn uchrashuvda sahna vizualizatsiyasi, zamonaviy materiallaridan foydalanish, 3D animatsiyalar orqali zamondosh mashhur shaxslarning qiyofalarini jonlantirish, boʻlimga yangi va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

 
Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati
Ko‘p o‘qilgan
 
          Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
 
          Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
 
          Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
 
           
     
     
     
    