“Maʼrifat karvoni” – mushtarak maqsadlar ifodasi

19-21 iyun kunlari Jizzax va Samarqand viloyatlarida Rspublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati,  Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik institutini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda qator tashkilot va idoralar hamkorligida  “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusidagi “Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari samarali oʻtkazildi.

 

Farovon hayot sari dadil qadam tashlashlariga debocha

 

Bunda viloyatlar boʻylab olimlar, ilm va madaniyat ahli, ziyolilar chin maʼnoda birlashishdi.  Targʻibot tadbirlari viloyatlarning chekka-chekka hududlarni ham qamrab olinganligi bilan ahamiyatli boʻldi. Mamlakat boʻylab ziyolilarning birlashishiga hissa qoʻshib, fuqarolarning bir maqsad sari odimlashiga hissa qoʻshyogan targʻibot tadbirlari fuqarolar uchun ham manfaatli boʻldi. Birgina “Inson qadri”, “Farovon hayotga ilk qadam”, “Bir Vatan – bir maqsad” loyihalari hududlarda istiqomat qiluvchi aholilarning  farovonligiga hamda Yangi Oʻzbekiston fuqarolariga koʻtarinkilik baxsh etdi. Ular uchun oʻtkazilgan seminar-treninglar zamirida esa ularning ilmiy salohiyatini yanada oshirish, farovon hayot sari dadil qadam tashlashlariga debocha boʻldi. Loyihalar Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik institutini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlaridan moliyalashtirildi.  

 

Mega loyiha aholida katta qiziqish uygʻotmoqda

 

Jizzax va Samarqand viloyatlarida oʻtkazilgan har bir uchrashuvda “Yangi Oʻzbekiston –Yangi rennessans poydevori” loyihasi doirasida Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan  islohotlar haqida iliq fikrlar bildirildi. Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining bunyod etilishi va uni artifaktlar bilan boyitish boʻyicha keng maʼlumotlar berib oʻtildi. Samarqand shahar va Payariq tumani mahalalarida oʻtkazilgan tadbirlarda va Jizzax shahri aholisiga va Jizzax davlat pedagogika instituti talabalariga majmua haqida toʻliq malumot berib oʻtildi. Ularda ham markaz fondini boyitish boʻyicha mulohazalar tinglandi. Ularning bildiriayotgan dunyoda qiyosi yoʻq, Oʻrta Osiyoda yagona –Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishiga ular chin dildan hayrixoh, tarixiy obekt ochilishini intizor kutishmoqda. “Ijtimoiy gʻoyalar” forumi doirasida tashabbuskor yoshlar, izlanuvchan olimlar va tadqiqotchilaring startap gʻoyalari, yangi va innovatsion takliflari  tinglash asnosida targʻibotchilar bunga amin boʻlishdi.

 

Olim va yoshlar uchrashuvi

“Olimlar va yoshlar” forumi doirasida Jizzax politexnika instituti, Jizzax pedagogika instituti, Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat veterenariya  meditsinasi chorvachilik va biotexnikalar universiteti talabalari, yosh tadqiqotchilarida “Olim va yoshlar” forumi katta qigʻiqish uygʻotdi. Ular tajribali olimlardan oʻzlari qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi. Ilm olish koʻnikma va tajribalarini almashishdi.  

 

 

Kinolar odamlarning oldiga bordi

 

Ilmiy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari doirasida “Tirik tarix” loyihasi amalga oshirildi. Unda, ayniqsa, “Kino karvon” loyihasi xalqqa manzur keldi. Unda taniqli kinoijodkorlar, elimiz suygan sanʼatkorlar ishtirokida milliy kinolarimiz namoyishi tashkillashtirildi. Hududlar boʻylab koʻchma kinoteatrlarda qiziqarli kinolar, bolajonlar uchun maxsus multifilmlar va tarbiyaviy ahamiyatga ega “Uy” nomli animatsion film namoyish etildi. Shuningdek, ilmiy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari doirasida aholi oʻzlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi va namoyishi oʻtkazilgan kino-filmlar haqida fikr-mulohazalar almashishdi.

 

 

Targʻibot tadbirlari festivalga ulanib ketdi

 

Ilmiy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari kun davomida qizgʻin bahs va muzokaralar bilan, mulohazali munozaralar koʻrinishida oʻtgan boʻlsa, tunda amalga oshirilgan konsertlar, maʼrifiy kechalar chinakam maʼnoda insonlar “Bir Vatan – Bir maqsad” shiori ostida birlashganiga isbot boʻldi. Unda targʻibotchilar, olim-u ziyolilar bir boʻlib, aholi dillarini xushnud qilishdi. Elimiz suygan xonandalar joʻshib kuylashdi, shoirlar sheʼr oʻqishdi, olim va madaniyat xodimari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar samarasi haqida joʻshib gapirdi. Fuqarolarning ertangi kunga umidi va ishonchi yanada ortdi.