“Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida Samarqand viloyatida keng qamrovli ilmiy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida bir qator ilmiy-maʼrifiy, madaniy-maʼnaviy tadbirlar yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Joriy hafta davomida ushbu loyiha doirasida Samarqand davlat universitetida “Ijtimoiy gʻoyalar” forumi hamda “Olimlar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim muassasalari vakillari, yosh tadqiqotchilar, magistrantlar, bitiruvchi talabalar hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvlarda yoshlar oʻz startap gʻoyalarini taqdim etishdi, soha mutaxassislari tomonidan ilmiy izlanishlarga oid tavsiyalar berildi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Shuningdek, Samarqand shahridagi harbiy qismda “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusidagi targʻibot tadbirlari doirasida “Tirik tarix” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida taniqli sanʼatkorlar va xalq sevgan kino ijodkorlari bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etildi. Harbiylar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqot formatdagi tadbir ularda katta taassurot qoldirdi.
“Maʼrifat karvoni” tadbirlari Samarqand viloyatining tumanlarida ham faol davom etmoqda. Oqdaryo tumanida joylashgan “Jeans Tekstile” MChJ korxonasida “Bir maqsad” loyihasi doirasida korxona va tashkilot rahbarlari, taʼlim muassasalarining masʼul xodimlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Tadbirda ishchi-xizmatchilar ham qatnashib, hayotga boʻlgan munosabat va maqsadlariga nisbatan ijobiy motivatsiya oldilar.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Oʻzbekistonda barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar-trening oʻtkazildi. Unda markazning tarixiy, madaniy va maʼrifiy ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berildi.
Shuningdek, Samarqand shahridagi Alisher Navoiy istirohat bogʻida targʻibotchilar va yoshlar oʻrtasida noanʼanaviy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda yoshlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha maʼlumot olishdi. Qatnashchilarga “Yosh kitobxon” va “Yosh kitobxon oila” tanlovlarida faol ishtirok etish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
