“Maʼrifat karvoni” Jizzax viloyatida: ilm, maʼrifat va maʼnaviyat sari qadam

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati va boshqa hamkor tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilayotgan “Tamaddun, madaniyat va maʼrifat” mavzusida tashkil etilgan “Maʼrifat karvoni” targʻibot guruhi Jizzax viloyatiga yetib keldi. Ushbu tadbirlar doirasida bir nechta hududlarda uchrashuvlar, maʼrifiy suhbatlar va amaliy loyihalar oʻtkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida
    “Maʼrifat karvoni” targʻibotchilari ishtirokida “Yangi Oʻzbekiston – Yangi Renessans poydevori” mavzusida ilmiy-maʼrifiy forum boʻlib oʻtdi. Unda yangi davr tafakkuri, maʼnaviy uygʻonish, yoshlarning ijtimoiy faolligi va bilimli avlod tarbiyasi haqida soʻz yuritildi. Talabalar bilan jonli muloqotlar, savol-javoblar tashkil qilindi.

Gʻallaorol tumani, Uzunbuloq mahallasi
    “Farovon hayotga ilk qadam” loyihasi doirasida seminar-trening oʻtkazildi. Unda mahalla faollari, yoshlar va ayollar bilan hayotiy koʻnikmalar, oilaviy barqarorlik, kasb-hunar oʻrganish, sogʻlom turmush tarzi kabi mavzularda amaliy mashgʻulotlar tashkil etildi.

Sharof Rashidov tumani, Olmachi mahallasi harbiy garnizoni
    “Tirik tarix” loyihasi asosida “Kinokarvon” tashabbusi amalga oshirildi. Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun vatanparvarlik ruhini kuchaytiruvchi filmlar namoyish etildi. Tadbir davomida tarixiy xotira, jasorat va fidoyilik haqida maʼruzalar tinglandi.
“Maʼrifat karvoni” tashabbusi viloyatdagi turli qatlam vakillari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar orqali yangi Oʻzbekiston maʼnaviyatini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ko‘p o‘qilgan
 
          Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
 
          Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
 
          Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
 
           
     
     
     
    