Sulton Saodat majmuasi: Termiz sayyidlari dafn etilgan muqaddas maskan
Sulton Saodat — Termiz shahrining shimoli-sharqiy qismida joylashgan, XI-XVII asrlarda qurilgan va Termiz sayyidlari xonadonining oilaviy dafn maskani boʻlgan meʼmoriy ansambldir. Bu nom arab tilidan tarjima qilinganda «baxtlilar sultoni» deb maʼno berib, sayyidlar sulolasining muqaddas joyi sifatida tanilgan.
Majmua shakllanishining boshlanishi IX asrga borib taqaladi. Tadqiqotchilarning fikricha, Hasan al-Amir 850 yilda Samarqandga kelib, 11 yil yashagan va 865 yillarda Termizga koʻchgan. Ushbu shaxs paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning avlodi boʻlib, Termizda sayyidlar xonadonining asoschisi hisoblanadi.
Majmua 20 ga yaqin maqbaradan iborat boʻlib, ularning eng qadimiylari XI asrga mansubdir. Maqbaralar ayvonlar bilan birlashtirilgan, gumbazlar bilan yopilgan va pishgan gʻishtlardan qurilgan sagʻonalarga ega. Dekorativ naqshlar va turli uslublar bilan bezatilgan binolar ansamblning meʼmoriy qadriyatini oshiradi.
Sulton Saodat majmuasi musulmonlar uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi. Bu yerda paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning qizlari Fotima onamiz va Hazrat Alining beshinchi avlodi boʻlgan Sayyid Hasan al-Amir dafn etilgan. Shu bois u aslida Sulton Saodot, yaʼni «Sayyidlar sultoni» deb atalgan. Keyinchalik maqbara atrofiga uning avlodlari va boshqa sayyidlar dafn etilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi uchun majmua maketi tayyorlanmoqda.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
