Ilk marta fors tilida sheʼr yozgan ayol kim edi?
Suratda Robiya Qazdoriyning qabrtoshi tasvirlangan.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi uchun Somoniylar davrida yashagan, fors tilida sheʼr yozgan ilk ayol — Robiya Qazdoriy haqida kontent tayyorlanmoqda. U X asrdagi mashhur fors va arab tilida sheʼr yozgan adibalardan biri boʻlib, fors tilida sheʼr yozgan birinchi ayol shoir sifatida tanilgan. Uning hayoti va ijodi haqidagi maʼlumotlar asosan adabiy manbalar va tasavvufiy adabiyotlar orqali yetib kelgan.
Robiya Qazdoriyning aslida kimligi va hayoti haqidagi maʼlumotlar aniq emas. Uning nomi koʻpincha Robiya Balxiy, Robiya al-Qazdoriy yoki Robiya al-Huzdoriy deb ataladi. Hayotining koʻp qismi noaniq boʻlib, baʼzi manbalar uni arablar oilasidan boʻlgan deb taʼriflaydi. Robiyaning obrazi avvalda shunchaki shoira sifatida tanilgan boʻlsa, keyinchalik Farididdun Attor va Jomiylar uni tasavvuf shoirasi sifatida tasvirlagan. Uning nomi Pokiston, Afgʻoniston va Erondagi turli maktablar, shifoxonalarga berilgan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
