Rasadxona qayta jonlanmoqda: Mirzo Ulugʻbek bilan yulduzlarning sirli olamiga sayohat
Ulugʻbek rasadxonasidagi ish jarayoni, Ulugʻbek merosi va Temuriylar Renessansiga bagʻishlangan ekspozitsiya Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidan oʻrin oladi.
Bugun rasadxona faoliyati, Ulugʻbek merosining targʻib qilinishi hamda Temuriylar davridagi ilm-fan yutuqlarini zamonaviy texnologiyalar orqali namoyish etish boʻyicha maxsus yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda rasadxonadagi ilmiy ishlar, olimlar faoliyati va astronomik asboblardan foydalanish jarayonini animatsion shaklda namoyish etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Ulugʻbekning nainki buyuk astronom, balki yetuk murabbiy sifatidagi faoliyatini interaktiv vositalar yordamida yoritish boʻyicha takliflar ilgari surildi. Talabalarga dars beruvchi Ulugʻbek timsoli, oʻsha davrdagi taʼlim muhitini qayta yaratish rejasi katta qiziqish uygʻotishi kutilmoqda.
Har bir sektorda Temuriylar davri kashfiyotlari va ilm-fan yutuqlarini zamonaviy texnologiyalar asosida namoyish etish, ilmiy-taʼlimiy ekspozitsiyalar orqali keng jamoatchilikka yetkazish masalalariga eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, Temuriylar Renessansi va Oʻzbek xonliklari tarixiga bagʻishlangan maxsus ekspozitsiyalar konsepsiyasi koʻrib chiqildi. Ushbu ekspozitsiyalar orqali milliy ilm-fan va madaniyat tarixining boy merosi xalqimiz va yosh avlodga yaqindan tanishtirilishi maqsad qilingan.
Yigʻilish yakunida har bir yoʻnalish boʻyicha amaliy rejalar belgilab olindi va masʼullarga tegishli vazifalar yuklatildi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
