Fitrat faoliyatiga bagʻishlangan yangi medialoyiha taqdim etiladi

Fitrat XX asr oʻzbek adabiyoti mashhur maʼrifatparvari, adib va siyosiy arbob, shuningdek, jadidchilik harakatining yetakchilaridan biri. U oʻzining adabiy va lingvistik faoliyati orqali oʻzbek va turkiy tillarning rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. Oʻzbek adabiyotining yangi shakllarini yaratishga harakat qilgan va shu orqali milliy oʻzlikni anglashga hissa qoʻshgan.
Fitrat 1921 yilda Sharq musiqa maktabini tashkil etib, uning birinchi direktori boʻlgan. Maktabga mumtoz musiqa bilimdonlari (sozanda va xonandalar) bilan birga V.A.Uspenskiy singari musiqashunoslarni ham taklif etgan. U shu vaqtdan boshlab, “Shashmaqom” kuylarini toʻplash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qilgan. Fitrat tashabbusi bilan Ota Jalol va ota Gʻiyosdan Buxoro Shashmaqomi V.Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib, nashr etilgan.
Maʼrifatparvar Abdurauf Fitrat buxorolik talabalarni Germaniyaga yuborish tashabbuskorlaridan biri ham edi.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi "Oʻzbekiston XX asrda" ekspozitsiyasi uchun Fitrat faoliyatiga bagʻishlangan “Fitrat — Sharq musiqasi bilimdoni” medialoyihasi tashkil etilishi belgilangan.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi