Ziyolilar karvoni Qashqadaryoda: Ilmiy-maʼrifiy tashabbuslar amalda

Oʻzbekiston boʻylab amalga oshirilayotgan ilmiy-maʼrifiy tadbirlar doirasida navbatdagi manzil Qashqadaryo viloyati boʻldi. Yurtimiz olim va ziyolilaridan iborat targʻibot guruhlari mazkur hududga yetib bordi.
“Maʼrifat karvoni” ilmiy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari doirasida “Inson qadri”, “Farovon hayotga ilk qadam”, “Tirik tarix” kabi oʻnlab loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, “Sivilizatsiyalar – Shaxslar – Kashfiyotlar” kabi olamshumul gʻoyalar asosida tayyorlanayotgan ilmiy-innovatsion loyihalar taqdimotlari ham tashkil etiladi. Ushbu uchrashuvlarda mamlakat rahbari tashabbusi bilan barpo etilayotgan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati haqida ham keng jamoatchilikka maʼlumot berib boriladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi