"Yangi Oʻzbekiston — Yangi Renessans poydevori" pavilonini tashkil etishda xalqaro tajriba oʻrganilmoqda
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida barpo etilayotgan "Yangi Oʻzbekiston — Yangi Renessans poydevori" pavilonini tashkil etish va ularni zamonaviy, innovatsion texnologiyalar asosida boyitish ishlari jadal surʼatlarda amalga oshirilmoqda.
Shu maqsadda, “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati rahbarligidagi ishchi guruh Moskva shahriga xizmat safari bilan tashrif buyurdi.
Safar doirasida ishchi guruh "Sila sveta" kompaniyasi bilan hamkorlikda Rossiyadagi muzeylar faoliyati, ularda joriy etilgan innovatsion va zamonaviy texnologiyalar, erishilgan yutuqlar bilan yaqindan tanishdi.
Bunday xorijiy tajribalarni chuqur oʻrganish, ayniqsa, zamonaviy muzeychilikda qoʻllanilayotgan interaktiv va raqamli texnologiyalarni Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi kabi megaloyihalarda joriy etish bu markazni yanada takomillashtirish va zamon talablariga mos holda rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma