“Jaloliddin Manguberdi”ga bagʻishlangan medialoyiha tashkil etiladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida milliy tariximizning eng shonli sahifalaridan birini oʻzida aks ettiruvchi yangi medialoyiha ishga tushirilmoqda. Loyiha buyuk sarkarda, yurtimiz gʻururi — Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyatiga bagʻishlanadi.
Loyiha doirasida Jaloliddinning shaxsiyati, sarkardalik salohiyati, siyosiy donoligi va Vatanni himoya qilish yoʻlida koʻrsatgan mardlik va jasorati keng yoritiladi. Avvalo, uning hayoti va faoliyatiga oid tarixiy manbalar, ilmiy izlanishlar asosida toʻliq maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.
Shuningdek, keng auditoriyaga moʻljallangan maxsus videorolik tayyorlanadi. Unda sarkardaning hayot yoʻli, yutuqlari va tarixiy merosi zamonaviy vizual yechimlar orqali jonlantiriladi. Ushbu rolik, ayniqsa, yoshlarga tarixni tushunarli va taʼsirli shaklda yetkazish vositasi boʻlib xizmat qiladi.
Medialoyihaning yana bir muhim jihati — Jaloliddin Manguberdi obrazini vizual tarzda qayta tiklashdir. Bu borada uning tarixiy koʻrinishiga mos portret ishlanadi, turli manbalar asosida qurol-aslaha, kiyim-kechak va shaxsiy buyumlarining mulyajlari tayyorlanadi. Ushbu eksponatlar Markazning doimiy ekspozitsiyasi tarkibiga kiritiladi va tashrif buyuruvchilar uchun namoyish etiladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
