Ajdodlardan meros qolgan meʼmoriy yodgorliklarning 80 ga yaqin maketlari yaratiladi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini shakllantirishda dunyoning turli nuqtalarida saqlanayotgan Oʻzbekistonga oid noyob eksponatlarni yaratish maqsadida mutaxassislar hamda ishchi guruh aʼzolari yigʻildi. Endilikda nazariy jihatdan yigʻilgan maʼlumotlar asosida olim va hunarmandlar mulyaj, maket hamda faksimillar ustida ish jarayonini boshladi.
Yekspozitsiya boʻlimlariga oid har bir mulyaj va maketlar haqida maʼlumotlar berilib, ular oʻz yoʻnalishlariga koʻra, hunarmandlarga taqsimlandi. Muhokama davomida mulyaj va faksimillarning aslidan farq qiladigan jihatlariga alohida urgʻu berildi. Masalan, “Islomdan avvalgi davr” ekspozitsiyasidan oʻrin olishi koʻzda tutilgan fil suyagidan yasalgan shaxmat donalarining asl nusxasi mulyaji oʻrindosh xomashyo orqali yaratiladi. Bundan tashqari, faksimile nusxalarning hajmi 15% gacha farq qilishi mumkin. Shu kabi maʼlumotlar 10 dan ortiq hunarmand mutaxassislar ishtirokida tahlil qilindi hamda takliflar inobatga olindi.
Kun tartibi davomida ekspozitsiyalarning maketlari boʻyicha ham maʼlumotlar berildi. Umumiy hisobda 80 ga yaqin tarixiy binolarning maketlari yaratilishi kutilmoqda. Birinchi bosqichning ikkinchi toifa loyihalari doirasidagi jarayonlar joriy yilning sentabr oyiga qadar yakunlanishi koʻzda tutilgan.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi