Qadimgi sivilizatsiyalarga sayohat: "Outdoor Factory" innovatsion gʻoyalari va takliflari koʻrib chiqildi
"Outdoor Factory" kompaniyasi vakillari "Islomdan avvalgi davr sivilizatsiyalari" ekspozitsiyasi boʻyicha oʻz takliflarini bildirishdi.
"Bu ekspozitsiyada qadimgi Soʻgʻd, Baqtriya, Xorazm, Choch va Fargʻona sivilizatsiyalari, shuningdek, qadimgi savdo yoʻlari boʻyicha immersiv shou, tach-panel va eksponatlarni joylashtirishga eʼtibor qaratyapmiz. Har bir boʻlimga kirgan tashrif buyuruvchi oʻzini oʻsha davrga tushib qolgandek his qilishi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar qilamiz", — dedi kompaniya rahbari Sinan Turaman.
Bu ekspozitsiyada Islomdan avvalgi davrda ajdodlarimiz amalga oshirgan kashfiyotlar, jumladan, qadimgi qoyatosh suratlari, irrigatsiya inshootlari, qadimgi yozuv madaniyati, astronomik kuzatuvlar, qogʻoz sanoati kabi masalalar oʻrin oladi.
"Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan bunyod etilayotgan mazkur markazning ochilishiga ham oz qolmoqda. Xorijning nufuzli hamkor kompaniyalari qatorida “Outdoor Factory”ning borligi muhim va siz tomoningizdan taqdim etilayotgan dizayn loyihalari takrorlanmas. Dunyoni hayratga soladigan yangiliklar hali oldinda. Biz muhtasham tarixga egamiz va uni zamonaviy texnologiyalar orqali namoyish etib, har bir tashrif buyuruvchini lol qoldirishga harakat qilamiz", — dedi markaz direktori Firdavs Abduxoliqov.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
