Imom Buxoriy innovatsion muzeyida buyuk muhaddis hayotiga oid mediamahsulotlar namoyish qilinadi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Imom Buxoriy innovatsion muzeyida namoyish qilinadigan mediamahsulotlar loyihalari taqdimot qilindi. Unda Markaz xodimlari, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari, Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi mutasaddilari ishtirok etdi.

Taqdimotda Turkiyaning “Outdor Factory” kompaniyasi hamda Kinematografiya agentligi hamkorligida Imom Buxoriy Innovatsiya muzeyi ekspozitsiyasi uchun tayyorlanadigan mediamahsulotlar konsepsiyasi, unda ishtirok etadigan aktyorlar, liboslar, lokatsiyalar namoyish qilindi.

Yigʻilishda ishtirok etgan mutaxassislar ushbu media-mahsulotlarda Imom Buxoriy hayoti va faoliyati, ilm yoʻlida chekkan zahmatlari, ijodiy merosi qanday aks ettirib berilishi muhimligiga eʼtibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi