Axsikent ekspeditsiyasi, Damashq qilichi va yangi medialoyihalar: ITsM Kengashi yigʻilishi davom etmoqda
Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi Kengaytirilgan ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Unda Kengash aʼzolari toʻgʻridan-toʻgʻri va onlayn tarzda ishtirok etmoqda.
Dastlab, London qirollik kolleji Arxeologiya boʻlimi ilmiy xodimi, doktor Miliana Radivoyevichning Namangan viloyatidagi Axsikent mavzesida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasi bilan tanishtirdi. Miliana Radivoyevich uzoq yillardan beri mamlakatimizda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarda faol ishtirok etib keladi.
Kengash aʼzolari tomonidan yirik anjumanlarga tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar roʻyxati ham taqdim etildi.
“Axsikent dunyodagi eng qadimiy metallurgiya markazlaridan biri hisoblanadi. Men oʻzbekistonlik, kiprlik va buyuk britaniyalik hamkorlarimiz bilan birga Axsikentda ilk oʻrta asrlarda metallurgiya yuqori darajada rivojlanganini kashf etdik. Jumladan, Islom olamining dastlabki davrida tayyorlana boshlagan mashhur Damashq qilichlari ham aynan Axsikentda qazib olingan va qayta ishlangan poʻlatdan foydalanganini isbotladik. Nasib etsa, Markazning ochilish marosimida bu tarixiy voqeani alohida medialoyiha sifatida taqdim etamiz", — dedi Miliana Radivoyevich.
ITsM xalqaro aloqalar boʻlimi mutaxassisi Yekaterina Soboleva Kengash aʼzolarini Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining tantanali ochilishi marosimi konsepsiyasi bilan tanishtirdi. Unda ushbu marosim doirasidan joy olgan tadbirlar, “Oʻtmishning boqiy merosi – buyuk kelajak asosi” mavzusida Toʻqqizinchi kongress kun tartibi va boshqa masalalar oʻrin olgan.
Shuningdek, Markaz ekspozitsiyasi uchun 2-toifali medialoyihalarning ilmiy-amaliy materiallar bazasini yaratish masalasi ham kun tartibiga qoʻyildi. Boshqa bir qator masalalar boʻyicha Kengash aʼzolari oʻz fikr mulohazalarini bildirishdi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
