“Abu Muin Nasafiy ilmiy-maʼnaviy merosi” multimedia loyihasi yaratiladi

Mutafakkir olim Abu Muin Nasafiyning boy ilmiy-maʼnaviy merosini chuqur oʻrganish, uni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oʻzbekistondagi megaloyihada keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.
Ana shunday tashabbuslardan biri sifatida “Abu Muin Nasafiy ilmiy-maʼnaviy merosi” multimedia loyihasi ishlab chiqilmoqda. Loyiha doirasida allomaning hayoti, asarlari va gʻoyalari haqida videoroliklar, interaktiv materiallar va hujjatli film tayyorlanadi. Ushbu materiallar Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi tarkibiga kiritilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, Nasafiyga tegishli qadamjolarni restavratsiya qilish, tarixiy hujjat va qoʻlyozmalarni oʻrganish, ularni ommalashtirish boʻyicha maʼlumotlar jamlanadi. Bu faoliyat Abu Muin Nasafiyning ilmiy merosini zamonaviy usullar bilan yoritib berish, yosh avlodni ajdodlarimiz tafakkur boyligi bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi