Xattotlik sanʼati haqida hujjatli film suratga olinadi
Oʻzbek xonliklari davrida sanʼat, adabiyot va tibbiyot maromida rivojlangan. Shu qatorda xattotlik ham. Chunki kitoblarga ehtiyoj katta boʻlgan. Shu sababli bunda xattotlarga kitob koʻchirish va ularni kengroq jamoatchilikka yetkazishda oʻrni beqiyos boʻlgan. Chunki u vaqtda zamonaviy kitob chop etish uskunalari boʻlmagan. Xattotlarga talab yuqori boʻlgan. Shuning uchun ham ular oʻz ustida tinimsiz ishlab kelgan.
Mutaxassislar aynan XVI-XVII asrlarni xattotlik sanʼati choʻqqisiga chiqib, taraqqiy etgan davr deya taʼriflaydi.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy guruhi aʼzolari tomonidan aynan ana shu davr xattotlik sanʼati uslubi, rivojlanish tarixi tadqiq etilmoqda. Buxoro, Xorazm, Qoʻqon kitobat sanʼatiga oid faksimilelar yaratish boʻyicha ish olib borilmoqda.
Oʻzbek xonliklari davridagi xattotlik sanʼati haqida hujjatli film suratga olinishi koʻzda tutilgan. Bunda ilmiy innovatsion medialoyiha muallifi Buxoro davlat universiteti dotsenti Husen Joʻrayev xattotlar haqida qator ilmiy izlanishlar qilish bilan bir qatorda hujjatli film uchun ssenariy yozmoqda.
Maʼlumot uchun, markazda xattotlik va kitobat sanʼati maktabini tashkil etish rejalashtirilgan. Unda yosh xattotlarga xattotlik sanʼatidan saboqlar beriladi.
Maktabning umumiy darsxonalari soni 20 ta tani tashkil etadi. Tahsil oladigan oʻquvchilarning yoshi esa 12 yoshdan 70 yoshgacha boʻlishi, auditoriyada jami 8 nafargacha tinglovchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
