XVII asr meʼmoriy inshootlar bezaklari semantik tadqiq qilinadi

XVII asr xonliklar davrida yurtimizda fan va madaniyat bir maromda taraqqiy etib, meʼmorchilik va shaharsozlik ham ancha taraqqiy etgan. Bunda bino va inshootlarni qoʻshimcha bezaklar, jimjimador naqshlar bilan pardozlash ishlari ancha taraqqiy etgan.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan maxsus ilmiy guruh tomonidan oʻsha davr meʼmorchilik anʼanalari chuqur oʻrganilmoqda. Inshootlar bezaklari semantik tadqiq etilmoqda.
«Koʻkaldosh» madrasasi Toshkent shahridagi oʻsha davrda yaratilgan tarixiy obidalardan biri sanaladi. Madrasa 1551—1575-yillar orasida qurib ishga tushirilgan. Uning keng hovlisi hujralar va ochiq ayvonlar bilan oʻralgan. Hujralar soni 38 ta boʻlib, dastlab qurilganda madrasa uch qavatdan iborat boʻlgan.
Bosh fasad janubga qaragan, darvozadan kiraverishda chapda masjid, oʻngda darsxona joylashgan. XVIII asrga kelib qarovsiz qolgan madrasa karvonsaroy sifatida foydalanilgan. 1830—1831 yillarda Toshkent hokimi Lashkar Beklarbegining davrida darsxona va masjid nurab toʻkila boshlagan zangori gumbazlari va ikkinchi qavatning gʻishtlari koʻchirib olinib, hozirgi kunda buzilib ketgan Beklarbegi madrasasi (bozorning yuqori qismida)ning qurilishida ishlatilgan. Keyinchalik bino tarixiy tadqiqotlarga asoslangan holda bino qayta tiklanib bugungi koʻrinishga kelgan.
Ayni kunda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent arxitektura va qurilish universiteti, K.Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti olimlari tomonidan Koʻkaldosh madrasasi peshtoq bezaklarida anglashilgan maʼnolar, turli shakl va shamoyillar ifodalagan mazmun-mohiyat tadqiq etilmoqda. Tadqiqotlar asosida kitob-albom va mediakontentlar yaratilmoqda.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ushbu mahsulotlar eksponat sifatida maxsus vitrinalardan joy oladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi