Maxsus vitrinalar xorijning nufuzli kompaniyasi tomonidan yasaladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi maxsus vitrinalari Germaniyada faoliyat yuritayotgan “Glasbau Hahn” kompaniyasi tomonidan yasaladi.
Bu haqida Kengaytirilgan ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida maʼlum qilindi.
Yigʻilishda “Glasbau Hahn” kompaniyasi rahbari Ezabel Han markaz uchun yasalishi koʻzda tutilgan vitrinalarni taqdimotini oʻtkazdi.
— Kompaniyamiz tashkil etilganiga qariyb 200 yil boʻldi. Unga bobom asos solgan. Hozirga qadar vitrinachilik bizga avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan merosdir. Kompaniyamiz tomonidan yasalgan vitrinalar dunyoning nufuzli muzeylaridan joy olgan. Oʻzbekiston uchun ham bir nechta vitrinalar yasab berganmiz. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi uchun zamonaviy va qulay, koʻchirsa, kengaytirsa va turli formatlarga solsa boʻladigan vitrinalarni taqdim etyapmiz. Bunda mahalliy olimlarning fikri biz uchun qiziq, — dedi kompaniyasi rahbari.
Maʼlumot uchun, “Glasbau Hahn” kompaniyasi dunyoning nufuzli kompaniyalari orasida eʼtirof etilgan, kompaniya standartlarga koʻra jahonning top uchlik kompaniyalar safida turadi. Yigʻilish soʻngida kengash aʼzolari kompaniya vakillariga vitrinalar yasashda nodir qoʻlyozmalarga zarar keltirmaslik tartiblari, noyob eksponatlarni sifatli va xavfsiz saqlashga ahamiyat qaratilishi yuzasidan fikr mulohazalr bildirildi. Kengash aʼzolari tomonidan “Glasbau Hahn” kompaniyasi rahbari Ezabel Hanning taqdimoti qabul qilindi.
Eslatib oʻtamiz, Davlat rahbarining Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ajdodlarimizning dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizning ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish boʻyicha bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar birlashgan. Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar jadal olib borilyapti.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
