Temuriylar davridagi madaniy inqilob Oʻzbekistondagi megaloyihada aks ettiriladi
Oʻzbekistonning boy tarixiy va madaniy merosi, jumladan, Temuriylar davrining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish, ularning madaniy, badiiy va intellektual merosini toʻlaqonli namoyish etish maqsadida maxsus ekspozitsiyalar tashkil etilmoqda. Ushbu ekspozitsiyani mazmunan boyitish maqsadida keng koʻlamli muhokamalar oʻtkazildi.
Ekspozitsiyada namoyish etilishi rejalashtirilgan kontentlar, xususan, Temuriylar davrining ilk sanʼat asarlari, arxitektura yodgorliklari va Ikkinchi Renessans davridagi madaniy inqiloblarning har bir yoʻnalishi mutaxassislar tomonidan alohida tahlil qilindi.
Ushbu asarlar va materiallar oʻzining tarixiy maʼnosini, milliy shon-sharafni, hamda ularning zamonaviy badiiy koʻrinishda shakllantirilishini koʻrsatadi.
Shuningdek, har bir kontentning vizual va konseptual jihatdan uygʻunligi, tarixiy asoslanganligi va ijodiy yangilanishi muhokama etildi. Tarixchilar, sanʼatshunoslar va arxeologlar har bir materialni atroflicha koʻrib chiqib, uning ijodiy shakllanishida qanday yangiliklar kiritilishi mumkinligini taʼkidlashdi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi