Oʻzbekistondagi megaloyihada ulugʻ muhaddisga bagʻishlangan multimedia loyiha yaratiladi

Buyuk muhaddis va islom olami arbobi Abu Iso Termiziyga bagʻishlangan yangi multimedia loyihani yaratish rejalashtirilmoqda. “Abu Iso Termiziy ilmiy-maʼnaviy merosi” deb nomlangan loyiha orqali Termiziy hazratlarining boy ilmiy merosi zamonaviy texnologiyalar asosida keng yoritiladi.
Loyihaning asosiy maqsadi Abu Iso Termiziyning asarlarini chuqur oʻrganish, u bilan bogʻliq ilmiy-maʼnaviy faoliyatlarni jamlab, jamoatchilikka interaktiv tarzda taqdim etishdir.
Multimedia loyiha doirasida videoroliklar shaklidagi interaktiv materiallar, shuningdek, hujjatli film yaratiladi. Tayyorlanayotgan barcha materiallar Islom sivilizatsiyasi markazining doimiy ekspozitsiyasidan joy oladi. Tashrif buyuruvchilar bu interaktiv vositalar orqali nafaqat maʼlumot oladilar, balki Termiziy hazratlarining boy merosini chuqurroq anglash imkoniga ega boʻladilar.
Loyiha nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham katta ahamiyat kasb etadi. U Oʻzbekistonning islom olamidagi ulugʻ allomalari merosini asrash va targʻib qilish yoʻlida muhim qadamlardan biri boʻladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yanada boyidi: dunyoning turli burchaklaridan noyob artefaktlar sovgʻa qilindi