Oʻzbekistondagi megaloyiha ekspozitsiyasidan Tamaraxonim liboslari oʻrin oladi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tuzilgan ishchi guruh aʼzolari Toshkent shahri boʻylab muzeylarga ekspeditsiyalarini davom ettirmoqda.
Ishchi guruh aʼzolari poytaxtimiz markazida joylashgan Tamaraxonim uy muzeyiga tashrif buyurdi. U yerda Tamaraxonim shaxsiy toʻplamidagi XX asrga oid turli millatlarning milliy raqs kiyimlari, Tamaraxonimning taqinchoqlari, qimmatbaho zargarlik buyumlari, oʻzi foydalangan va toʻplagan cholgʻu asboblari bilan tanishdi.

Tamaraxonim uy muzeyidan markaz ekspozitsiyasini boyitish maqsadida turli eksponatlar tanlab olindi. Bular orasiga Tamaraxon kiygan oʻzbek milliy liboslar toʻplamlari bor. tanlab olindi. Shuningdek, ishchi guruh tomonidan markazga taqdim etiladigan eksponatlar roʻyxati shakllantirildi.
Ishchi guruh aʼzolari Oybek, Muxtor Ashrafiy uy-muzeylarida boʻlishdi. U yerda ijodkorlarning oʻzlari ifodalangan va qimmatli ahamiyatga ega buyumlar roʻyxatga olinib, ularni markaz ekspozitsiyasiga jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Unga koʻra Oybekning xat tergan mashinkasi, Oʻral Tansiqboyev foydalangan qalamdon, Muxtor Ashrafiy foydalangan musiqa asboblari markaz ekspozitsiyasidan joy olishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Davlat rahbarining Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ajdodlarimizning dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizning ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish boʻyicha bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar birlashgan. Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar davom etmoqda.
Ko‘p o‘qilgan
 
          Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
 
          Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
 
          Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi
 
           
     
     
     
    