Oʻzbekistondagi megaloyihada ilmiy-maʼrifiy ensiklopediya: “Oʻzbekiston – muhaddislar yurti”
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida navbatdagi muhim ilmiy-maʼrifiy loyiha ustida ish olib borilmoqda. “Oʻzbekiston – muhaddislar yurti” nomli kitob-ensiklopediya tayyorlanishi rejalashtirilmoqda. Ushbu nashr Movarounnahr zaminidan yetishib chiqqan buyuk muhaddislar, ularning ilmiy merosi va hadis ilmi rivojiga qoʻshgan hissalarini chuqur tahlil etadi.
Kitob-ensiklopediya Oʻzbekiston hududida yashab oʻtgan va dunyo hadis ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan allomalarning hayoti, ilmiy faoliyati, asarlari, hadislar toʻplash va rivoyat qilish uslublarini oʻz ichiga oladi. Unda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Darimiy, Abul-Lays Samarqandiy, Muhammad ibn Hasan Shayboniy kabi zabardast muhaddislar haqida boy tarixiy va ilmiy maʼlumotlar jamlanadi.
Mazkur nashr nafaqat bosma shaklda, balki zamonaviy media texnologiyalari asosida multimedia ekspozitsiyasi tarzida ham namoyish etiladi. Tashrif buyuruvchilar ushbu ensiklopediya mazmunini elektron qurilmalar orqali interaktiv koʻrinishda koʻrish, matnlar, suratlar, hujjatlar va video lavhalar orqali chuqur tanishish imkoniga ega boʻladilar.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
