Movarounnahr hadis maktablari interaktiv xaritada!

 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Movarounnahr hadis maktabi tarixini yorituvchi loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ushbu tashabbus doirasida Shosh, Kesh, Termiz, Buxoro va Samarqand kabi mashhur ilmiy markazlarda shakllangan hadis maktablari interaktiv xarita orqali tasvirlandi. Ushbu xarita markaz muzeyining ekspozitsiyasida keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etiladi.

 

Loyiha doirasida har bir hadis maktabining shakllanish tarixi, ulkan muhaddislar faoliyati, ilmiy anʼanalar, asarlar va rivoyat uzatish uslublari chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, xaritada har bir hududda faoliyat yuritgan mashhur muhaddislar — Imom Termiziy, Imom Buxoriy, Imom Darimiy, Abul-Lays Samarqandiy kabi allomalarning hayoti va ilmiy merosi haqida maʼlumotlar joylanadi.

 

Interaktiv xarita zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan boʻlib, tashrif buyuruvchilar ekran orqali xaritadagi viloyatlarni bosib, u yerdagi hadis maktablari haqida audio va video materiallar, suratlar hamda tarixiy hujjatlar bilan tanishishlari mumkin boʻladi.