“Burhoniddin Margʻinoniy ilmiy-maʼnaviy merosi” multimedia loyihasi tashkil etiladi
Islom olamining yirik allomalaridan biri — Burhoniddin Margʻinoniy hayoti va ilmiy faoliyatini yoritishga qaratilgan yana bir muhim tashabbusni bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilmoqda. “Burhoniddin Margʻinoniy ilmiy-maʼnaviy merosi” deb nomlangan multimedia loyihasi orqali allomaning boy ilmiy merosi keng jamoatchilikka interaktiv shaklda taqdim etilishi koʻzda tutilgan.
Loyiha doirasida Margʻinoniy hazratlari bilan bogʻliq tarixiy qadamjolarni aniqlash, ularni restavratsiya qilish va ushbu joylarning ilmiy-maʼnaviy salohiyatini ochib berishga alohida eʼtibor qaratiladi. Shuningdek, allomaning eng mashhur asari — "Hidoya"ning islom huquqi rivojidagi oʻrni, uning ilmiy qarashlari va fiqhiy merosini tizimli tarzda oʻrganishga doir faoliyatlar jamlanadi.
Multimedia loyiha doirasida videoroliklar, virtual ekskursiyalar, tarixiy hujjatlar asosida yaratilgan interaktiv kontent hamda Burhoniddin Margʻinoniy hayotiga bagʻishlangan hujjatli film ishlab chiqiladi. Tayyorlangan materiallar Islom sivilizatsiyasi markazining ekspozitsiyasiga kiritiladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
