Islom sivilizatsiyasi markazida navbatdagi tashabbus: Movarounnahr muhaddislariga mansub asarlar katalogi yaratiladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida Movarounnahr diyoridan yetishib chiqqan buyuk muhaddislar ilmiy merosini chuqur oʻrganishga qaratilgan yana bir muhim loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Mazkur loyiha asosida tarixiy manbalar, kutubxona fondlari, muzeylar va arxivlarda saqlanayotgan bebaho qoʻlyozmalar tahlil qilinadi va ular boʻyicha katalog tayyorlanadi.
Ushbu katalog Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Burhoniddin Margʻinoniy va boshqa Movarounnahr allomalarining yozma merosini tizimli tarzda jamlab, ularning hadis ilmidagi oʻrni va ahamiyatini yoritib beradi.
Kataloglashtirilgan maʼlumotlar zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida interaktiv formatda tayyorlanib, Islom sivilizatsiyasi markazining ekspozitsiyasi orqali keng jamoatchilikka taqdim etiladi. Tashrif buyuruvchilar elektron ekranlar orqali ushbu noyob qoʻlyozmalar haqida maʼlumot olishi, ularning raqamli nusxalarini koʻrishi va ulamolar hayoti bilan yaqindan tanishishi mumkin boʻladi.
Loyiha Movarounnahr ilmiy merosining dunyo miqyosidagi ilmiy tadqiqotlar uchun manba sifatida foydalanilishini taʼminlash, shuningdek, islomiy qadriyatlarni keng targʻib qilish yoʻlida muhim qadam boʻladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
