Respublika boʻylab 1500 ta artefaktlar roʻyxati shakllantirildi

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish maqsadida bir qator Ishchi guruhlar tomonidan ilmiy ekspeditsiya tashkil qilinib, respublika boʻylab noyob artefaktlar aniqlanmoqda.
Jumladan, respublikamizdagi muzey kutubxona fondlari, alohida saqlanayotgan manbalar, ashyolar, kolleksiyalar, nodir qoʻlyozmalar va toshbosma asarlarni oʻrganish jarayonida 1500 ta artefaktlarning roʻyxati shakllantirildi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Maxsus shtabida markaz ekspozitsiyasini nodir koʻlyozma va arxeologik topilmalar, artefaktlar bilan boyitish uchun 800 dan ortiq loyihalar 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni kunlarda birinchi bosqich uchun 400 ga yakin loyihalar ustida Ishchi guruh azolari va ilmiy xodimlar ishlamoqda.



Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi