Markaz ekspozitsiyasi uchun Erondan 100 dan ortiq eksponat taqdim etiladi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xalqaro aloqalarni samarali yoʻlga qoʻygan. Bunga Eron bilan munosabatlar kesimida misol keltirish mumkin. Ayni kunlarda Erondagi kutubxona va muzeylardan Oʻzbekiston madaniyati va tarixiga oid artefaktlar Markazga jalb qilish ishlari olib borilmoqda.
28 aprel kuni “Temuriylar va Boburiylar davri ayollari ilmiy-adabiy madaniy merosi” medialoyihasi doirasida eronlik temuriyshunos olim Amir Temur Rafayi bilan ZOOM orqali videomuloqot oʻtkazildi.
Unda Erondagi Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid muhim manbalar muhokama etildi. Temuriyshunos olim maʼlum qilishicha, loyiha doirasida olim tashabbusi bilan Markazga 100 dan ortiq eksponat taqdim etiladi.
Eslatib oʻtamiz, Davlat rahbarining Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ajdodlarimizning dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizning ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish boʻyicha bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar birlashgan.
Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar jadal olib borilyapti.
Ayni kunlarda Markaz qoshida tuzilgan Maxsus shtabda ilmiy-innovatsion medialoyihalar ustida ishlar qizgʻin davom etmoqda. Kuniga loyihalar doirasida oʻnlab shartnomalar imzolanib, xalqaro va mahalliy uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
