Memorandum imzolandi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Buyuk allomalar siymosini yaratish loyihalari va ularni xalqaro darajada ommalashtirishning dolzarb masalalari” mavzuida loyihalar taqdimoti hamda ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari tomonidan yaratilgan 30 ta ijodiy ish xorijiy va o‘zbekistonlik olimlar, san’atshunoslar, Kengaytirilgan ilmiy kengash a’zolari, xalqaro ekspertlar hukmiga havola etildi.

Taqdimot doirasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

N.Usmonova,  

O‘zA