Ekspeditsiya xabarlari: Oʻzbekiston muzeylaridan Islom sivilizatsiyasi markazi uchun sara eksponatlar jamlanmoqda
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasi uchun Buxoro, Navoiy, Xorazm va Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi muzeylarning ashyolari va toʻplamlaridan artefaktlarni tanlash boʻyicha ilmiy ekspeditsiya guruh faoliyatini olib bordi.
Ilmiy ekspeditsiyaning I ishchi guruhi tomonidan markaz ekspozitsiyasini boyitish va takomillashtirish maqsadida, “Buxoro”, “Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonalari, Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Oʻzbekiston zamonaviy sanʼati muzeyi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeylarining ekspozitsiyasi va zaxira fondlarida mavjud boʻlgan, muzey ashyolari va muzey toʻplamlarini, shuningdek, madaniy meros va arxeologiya obʼektlari, shu bilan birga, xalqlar hayotidagi tarixiy voqealar, jamiyat va davlat rivojlanishi, fan va texnika tarixi bilan bogʻliq boʻlgan, atoqli shaxslar (davlat, siyosiy, jamoat arboblari, mutafakkirlar, fan, adabiyot, sanʼat arboblari) hayoti va faoliyatiga taalluqli ashyolar, hujjatli foto va materiallar boʻyicha oʻrganish ishlarini olib bordi.
"Buxoro” davlat muzey-qoʻriqxonasining fondida saqlanayotgan, shuningdek, uning filialida namoyish etilayotgan noyob muzey ashyolaridan 200 donaga yaqin;
Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondida saqlanayotgan, hamda uning filialida namoyish etilayotgan noyob muzey ashyolaridan 76 dona;
"Ichan qalʼa” davlat muzey-qoʻriqxonasi fondidan saqlanayotgan hamda uning boʻlimlarida namoyish etilayotgan noyob muzey ashyolaridan 73 dona, Oʻzbekiston zamonaviy sanʼat muzeyi fondidan 14 dona;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi fondidan hamda uning filiallarida namoyish etilayotgan noyob muzey ashyolaridan 432 dona, Qoraqalpogʻiston Respublikasi I.V.Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi fondidan 5 dona hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi fondidan 4 dona markaz ekspozitsiyasiga mos keladigan muzey ashyolari toʻplamlari tanlab olindi.
Shu bilan birga, markaz ekspozitsiyasi targʻibotini kuchaytirish maqsadida, muzey-qoʻriqxona boʻlimlari ekspozitsiyasida namoyishga qoʻyilgan noyob arxeologiya va etnografiyaga oid ashyolarning nusxalarini (yaʼni mulyajlarini) tayyorlab, Markazga olish maqsadida bir qancha takliflar berib oʻtildi.
Ushbu chora-tadbirlar Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyining ekspozitsiyasini boyitish va uning mazmun-mohiyatini yanada teran va mukammal namoyon etishga xizmat qiladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
