Termiz va Raboti shaharlariga virtual sayohat qilish imkoni boʻladi
Poytaxt markazida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi uchun muhtasham bino bunyod etilmoqda. Binoda mukammal ekspozitsiya barpo etilishi koʻzda tutilgan.
Bir guruh olimlar tomonidan qadimiy aholi punktlari va qalʼalari, majmualar hamda maqbaralar toʻplanmoqda.
“Oʻzbekiston arxeologiya obidalari” katalogi tuzilmoqda. Loyiha doirasida Axsikent shaharchasining oʻrta asrlar koʻrinishi, qadimgi Sopollitepa va Jarqoʻton shahri qurilishi, Qovunchitepa oʻrta asarlar qishlogʻi 3D grafik rekonstruksiya qilinadi.
Oʻrta asrlardagi Termiz va Raboti shaharlari ham 3D grafikda rekonstruksiya qilininib, tashrif buyurudchilarni oʻrta asrlarga chorlaydi.
Loyiha Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati, Samarqand Arxeologiya instituti,Sanʼatshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti va Fransiya Milliy ilmiy tadqiqotlar markazi, RFA Moddiy madaniyat instituti hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Davlat rahbarining Oʻzbekistondagi megaloyiha – Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida ajdodlarimizning dunyo tamadduniga qoʻshgan hissasini keng miqyosda koʻrsatib berish, yoshlarimizning ana shu buyuk tarixiy merosga sadoqat ruhida tarbiyalash, kelgusida bu noyob zamonaviy maskanda turli ilmiy muhokamalar, bahs-munozaralar oʻtkazish, dolzarb gʻoya va kashfiyotlarni ilgari surish, yangi ilmiy kontentlar ishlab chiqish uchun barcha sharoitlar yaratilishi, uning maʼno-mazmunini yanada boyitish va takomillashtirish boʻyicha bergan zarur koʻrsatmalaridan kelib chiqib, markaz ekspozitsiyasini mazmunli kontentlar, tarixiy artefaktlar va mulyajlar bilan boyitish maqsadida 2000 dan ortiq mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar birlashgan. Jami 800 dan ziyod loyihalar ishlab chiqilib, 3 bosqichda amalga oshiriladi. Ayni paytda dastlabki bosqich boshlangan, unda 400 dan ortiq loyihalar ustida Ilmiy kengash aʼzolari bilan maslahatlashgan holda ishlar jadal olib borilyapti.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
