Islom sivilizatsiyasi markazi muzeyi yaratilishida xalqaro tajriba qoʻllanilmoqda
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida muzey ekspozitsiyalarini shakllantirishga qaratilgan yirik loyihalar, yaʼni xalqaro hamkorlar tomonidan taklif etilayotgan loyihalarga ishlangan texnik topshiriqlar boʻyicha muhokama boʻlib oʻtdi.
Markaz muzey ekspozitsiyasini shakllantirish boʻyicha xalqaro hamkorlar “Sila sveta”, "Planeta 9", "Outdoor Factory", shuningdek, Rossiya davlat Ermitaj muzeyi, Italiyaning "Magister Art" kompaniyalari tomonidan loyihalar taklif etilmoqda. Ular tomonidan taqdim etilayotgan texnik topshiriqlar masʼul tashkilotlar, Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obʼektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasi, Toshkent shahar hokimligi va bir qator tashkilotlar vakillari bilan muhokama qilindi.
Muhokama davomida Markaz binosining 2-qavatini multimedia tizimlari bilan jihozlash, ekspozitsiyalar uchun audiospektakl va audiogid tizimini yaratish, muzey uchun mijozlarga xizmat koʻrsatish tizimi, jumladan, tashrif buyuruvchi transport vositalari va marketing strategiyasini ishlab chiqish va yaratish, skanerlash hamda bosmaxona uskunalari, Restavratsiya boʻlimini tashkil qilish, Markaz binosi fasad qismiga ishlanadigan Shou mepping, Markaz bogʻini yaratish, “Vaqt devori” loyihasini amalga oshirish kabi bir qator loyihalarga eʼtibor qaratildi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
