Italiyalik mutaxassislar bilan hamkorlik davom etmoqda
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsisi markazida italiyalik mashhur noshir, sharqshunos olim Sandro Teti, “Magister Art” kompaniyasi rahbari Renato Sapporito bilan onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbari Firdavs Abduxoliqov, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov ishtirok etdi. Muloqotda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini jihozlash, ekspozitsiyalar uchun zarur vitrinalar tayyorlash masalasi muhokama qilindi.
Muloqotda joriy yilda Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi marosimiga tayyorgarlik koʻrish, shu bilan birga joriy yilning sentabr oyida bu yerda Oʻzbekiston madaniy merosiga oid xalqaro koʻrgazma tashkil etish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish lozimligi taʼkidlandi.
— Bizning kompaniyamiz dunyodagi eng yirik muzeylar, kutubxonalar, yirik madaniy muassasalarni loyihalash va jihozlsh boʻyicha hamkorik qilib keladi, — dedi “Magister Art” kompaniyasi rahbari Renato Sapporito. — Men Oʻzbekistonning boy tarix va ulkan madaniy merosga ega mamlakatlardan biri sifatida bilaman. Xalqingizga, madaniyatingizga ulkan qiziqish bilan qarayman. Oʻylaymanki, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini ishga tushirish borasidagi hamkorligimiz ham ana shu ulkan merosni yanada keng targʻib etishda muhim oʻrin tutadi”.
Magister Art kompaniyasi Italiyadagi yirik muzeylar uchun jixozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya boʻlib, u bilan Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasining joriy yil fevral oyida ushbu mamlakatga amalga oshirgan xizmat safarida dastlabki kelishuvlarga erishilgan.
Sandro Teti ham uzoq yillardan beri Oʻzbekistondagi yirik loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilib keladi. Joriy yilda uning rahbarligidagi Sandro Teti Editore nashriyotida shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari italyan tilida nashr qilindi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
