"Vaqt devori"da  yutuqlar va kashfiyotlar aks etadi

 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasining barcha boʻlimlaridan “Vaqt devori”ga oʻrin ajratilgan. Uning quyi qismida oʻsha davrda kuzatilgan yutuqlar, ilmiy kashfiyotlar yoritiladi. Yuqori qismi uchun mahobatli rang-tasvir asarlari yaratiladi. 

Xususan, “Ikkinchi Renessans davri” ekspozitsiyasining davlatchilik tarixiga bagʻishlangan "Vaqt devori"da Amir Temur davlatchiligi, uning davrida roʻy bergan muhim oʻzgarishlar, temuriylar davrida davlat va jamiyat boshqaruv tizimi, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi, boburiy hukmdorlar davridagi voqealar, tarixiy shaxslar miniatyura orqali kompozitsiyada, shuningdek, davr tarixi solnomasi monitorlarda namoyish etiladi. 

 

Amir Temurning hokimiyat ustiga kelishidan boshlab, Xonliklar davrini soʻnggiga qadar yurtimizda roʻy bergan yutuqlar va kashfiyotlarni aks ettiradi. Yuqori qismidan esa shu jarayonlarning badiiy talqini oʻrin oladi.  Aynan shu davrda yurtimizda miniatyura sanʼati yuqori darajada rivojlangan.

Taʼkidlash joizki, kengaytirilgan Ilmiy kengash qarori bilan bu davrda kechgan jarayonlarni mazmun-mohiyatini oʻzida mujassamlashtirgan miniatyuralardan toʻplam yaratish, eng nodirlarini saralab olib, taqdim etishga kelishib olindi.