1000 ta eksponat katalogi tuzildi

Markaz ishchi guruhi tomonidan 1000 ta eksponat katalogi yaratildi. Ularning sonini 2 mingga yetkazish rejalangan. Bu haqida kengaytirilgan Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida maʼlum qilindi.


Oʻzbekstondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini muzeylashtirish, ekspozitsiya uchun nodir artefaktlar toʻplash va ularning mulyajlarini yasash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Taʼkidlanishicha, eksponatlar markazga shunchaki joylashtirilmaydi. Ular uchun xorij standartlari asosida yasalgan maxsus vitrinalar yasaladi. Hozir vitrinalarga buyurtmalar berish boʻyicha ish olib borilmoqda. Buning uchun avvalo, eksponatlar sonini bilish kerak. Shu maqsadda Markaz tomonidan tuzilgan Ishchi guruh yordamida 1000 ta eksponat katalogi yaratildi.
— Vitrinalar tanlanayotganda eksponatlarni saqlash, namoyish etish va koʻchirish uchun qulay boʻlishiga ahamiyat qaratilmoqda. Vitrinalarni xorijning nufuzli muzeylarini uskunalar bilan taʼminlagan nomdor kompaniyalar yasab berishi reja qilinmoqda. Mahalliy olimlar vitrinalarning shakli va rangi boʻyicha turli fikrlar bildirishyapti. Biz barcha fikrlarni umumlashtirib, ekspozitsiyamiz uchun eng muqobilini tanlab olamiz, — dedi ITsM katta ilmiy xodimi Alisher Egamov.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi