Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi Markazga 100dan ortiq eksponat taqdim etadi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish borasida respublika boʻylab ilmiy ekspeditsiya Ishchi guruhlari faoliyat yuritmoqda. Ekspeditsiya natijalariga koʻra, moddiy ashyolar olimlar tomonidan keng muhokama etilib, Markaz ekspozitsiyasiga tadbiq etish masalalari koʻrilmoqda.
Markaz tomonidan tuzilgan Ishchi guruh Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida boʻlib, u yerdagi nodir eksponatlar bilan tanishdi. Dastlab Ishchi guruh Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor Jannat Ismoilova bilan muzokara olib bordi. Uchrashuv doirasida muzey rahbariyati tomonidan Islom sivilizatsiyasi markaziga begʻaraz tarzda taqdim etilayotgan noyob eksponatlar roʻyxati taqdim qilindi. Maʼlum qilinishicha, umumiy hisobda 100dan ortiq eksponat markazga beriladi.
— Ekspeditsiya doirasida qadimiy davrlarga oid ashyolar, sopol buyumlar, ibodatxona buyumlari va boshqa artefaktlar aniqlandi. Numizmatika yoʻnalishida turli davrlarga mansub tangalar, pul birliklari, moliyaviy belgilar, shuningdek, oʻzbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzini aks ettiruvchi buyumlar, milliy liboslar va asbob-uskunalar qayd etildi — dedi ITsM katta ilmiy xodimi Alisher Egamov.
Ishchi guruh muzey ekspozitsiyalarining joylashuvi, ularning mavzuviy guruhlarga ajratilishi, koʻrgazma dizayni va yoritilish tizimi bilan yaqindan tanishdi. Bu jarayonda ilgʻor muzeyshunoslik tajribalari asosida amalga oshirilgan oʻzgarishlar, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan interaktiv elementlarga alohida eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, Ishchi guruh muzey fondida saqlanayotgan boshqa noyob ashyolar – qadimiy hujjatlar, qoʻlyozmalar, haykaltaroshlik namunalari bilan tanishishdi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
