Markazda navbatdagi loyiha: Mahmud Koshgʻariyning “Devonu lugʻotit turk” asari

Turkiy xalqlarning tilshunoslik tarixida muhim oʻrin tutgan, Mahmud Koshgʻariy (XI asr) tomonidan yozilgan “Devonu lugʻotit turk” asarining medialoyihasi ustida ish olib borilmoqda. Mazkur loyihaga koʻra, asarning qoʻlyozma nusxasi raqamlashtiriladi va keng jamoatchilik eʼtiboriga havola etiladi.
Shuningdek, asarning yozilish tarixi, tuzilishi, mazmun-mohiyati va ilmiy ahamiyatiga bagʻishlangan videorolik tayyorlanadi. Bu videomaterial ekspozitsiya tarkibiga kiritilib, tashrif buyuruvchilar uchun interaktiv maʼlumot manbaiga aylantiriladi.
Mahmud Koshgʻariyning ushbu nodir asari turkiy tillarning qadimiy boyligini, leksik va grammatik xususiyatlarini oʻzida mujassam etgani bilan alohida qadrlanadi. Shu bois “Devonu lugʻotit turk” medialoyihasi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini yanada boyitib, yosh avlodga til, tarix va madaniyatimiz haqida chuqurroq maʼlumot berishga xizmat qiladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi