Amir Temur va Temuriylar davridagi cholgʻular tiklanmoqda
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini boyitish borasida respublika boʻylab Ilmiy ekspeditsiya guruhlari faoliyat yuritmoqda. Navbatdagi manzil — Andijon viloyati.
Guruh vakillari mohir sozgar Abdumalik Madraimov ustaxonasida boʻlib, sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davriga oid musiqiy cholgʻularning namunalari bilan tanishdilar.
— Tarixda Borbad degan afsonaviy sozanda oʻtgan. Miniatyuralarda oʻsha sozandaning ismi bilan ataladigan cholgʻu asbobi, yaʼni Borbad sozi aks etganini uchratib qoldik. Xususan, hazrati Mir Alisher Navoiyning asarlariga chizilgan miniatyuralarda shu cholgʻu bor ekan. Unda sozning kosaxonasi yarmi teridan boʻlganligini koʻrdik. Biz esa uni yogʻochdan qildik. Sankt-Peterburgdagi Oʻrmon sanoati universitetida yogʻochning tebranishini tekshiradigan apparat bor ekan. Oʻsha yoqqa borib, bir oydan ortiq vaqt davomida yogʻochning tebranishini oʻrgandim. Yuzga yaqin daraxtlardan namunalar bor ekan. Ularni oʻrganib, tut yogʻochidan yasashga qaror qildik. Juda muvaffaqiyatli chiqdi — deydi Abdumalik Madraimov.
Kamoliddin Behzod miniatyuralarida aks ettirilgan sozlar tasviri ustaning bu sohaga qiziqishini yanada kuchaytirdi. Natijada uzoq yillik mehnati evaziga “Gʻijjaki Boburiy”, “Dilrabo”, “Dilnavo”, “Meros”, “Xushnavo”, “Qoʻshtor”, “Yangi chang” deb nomlangan ajoyib cholgʻu sozlarni kashf qildi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
