Behbudiy faoliyati interaktiv loyihada aks etadi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan joriy yil Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligi keng nishonlanmoqda. 

 

Umuminsoniy madaniyatning yetuk targʻibotchisi haqida markazda qanday ishlar olib borilmoqda?

 

Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan "Mahmudxoʻja Behbudiy va jadidlarning yangi usul maktabi" nomli interaktiv medialoyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Loyiha doirasida Mahmudxoʻja Behbudiyning ijodiy va maʼrifiy faoliyati, u asos solgan yangi usul maktablari orqali joriy etilgan taʼlim tizimi, shuningdek, uning milliy ilm-fan va madaniyat taraqqiyotidagi oʻrni har tomonlama tadqiq etiladi. Bu jarayonda ilmiy-ijodiy guruh shakllantirilib, arxiv hujjatlari va tarixiy manbalar asosida yangicha yondoshuv bilan tayyorlangan videoroliklar, mediakontentlar hamda Behbudiyga tegishli shaxsiy buyumlar ekspozitsiya orqali keng jamoatchilikka taqdim etiladi.


Loyihaning asosiy maqsadi boshqa jadidlar qatori Behbudiyning ham oʻchmas tarixiy xizmatlarini yanada namoyon qilish va tanitishdan iborat.