Ekspeditsiya davom etadi: Buxorodan Islom sivilizatsiyasi markaziga 150 dan ortiq artefakt tanlab olindi
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi muzey ekspozitsiyasini boyitish maqsadida ilmiy ekspeditsiyaning birinchi ishchi guruhi Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi va uning 17 ta filialida tadqiqot ishlarini olib bordi.
Ushbu jarayonda “Ark” viloyat oʻlkashunoslik muzeyi hamda zaxira fondlaridagi nodir eksponatlar puxta oʻrganib chiqildi.
Natijada arxeologiya, toʻqimachilik, gilamdoʻzlik, kandakorlik, yogʻoch va ganch oʻymakorchiligi, etnografiya, dehqonchilik va xalq hunarmandchiligiga oid 150 dan ortiq tarixiy artefakt tanlab olindi. Bu ashyolar orasida sirlangan devoriy koshinlar va turli davrlarga oid mehnat qurollari ham bor.
Ekspozitsiyani mazmun jihatdan boyitish maqsadida muzey zaxira fondlaridan fan, texnika va jamiyat tarixiga oid fotomateriallar ham tanlab olindi. Atoqli shaxslar hayotiga doir ashyolar — davlat arboblari, mutafakkirlar, sanʼat namoyandalariga oid eksponatlar ham alohida oʻrganildi.
Ushbu tadqiqotlar jarayonida Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi ilmiy xodimlari tomonidan katta amaliy va ilmiy koʻmak koʻrsatildi. Bu hamkorlik Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasini yanada tarixiy va madaniy jihatdan boy etishga xizmat qiladi.
Ko‘p o‘qilgan

Oʻzbekistonga oid 80 dan ortiq tarixiy artefakt yurtimizga qaytarilishi rejalashtirilmoqda

Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kaʼbadan-da ulugʻ uy haqida...
