Abdulvohid Burhonov katta yoshdagilar uchun kechki maktabning ilk tashkilotchisi
Abdulvohid Burhonov – maʼrifatparvar shoir, davlat va jamoat arbobi. XIX asrning 90-yillaridan Abdulvohid Burhonov “Munzim” taxallusi bilan maʼrifiy sheʼrlar yoza boshlaydi.

U 1908 yili Samarqandga borib, jadid maktablaridagi oʻqitish uslubini Mahmudxoʻja Behbudiy va Abduqodir Shakuriydan oʻrganadi va shu yili oʻz hovlisida jadid maktabi, 1909 yilda esa katta yoshdagilar uchun kechki maktab tashkil etgan. 1918-1920 yillar Munzim Toshkentda yashaydi. Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilgach, u avval Markaziy ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, keyinchalik Xalq maorifi noziri, Sogʻliqni saqlash noziri lavozimlarida ishlagan.
Abdulvohid Burhonov faoliyati Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Yosh buxoroliklar harakati” interaktiv loyihasi orqali ekspozitsiyada yoritiladi.
Ko‘p o‘qilgan
Dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 100 dan ortiq mutaxassis Toshkentda!
Islom sivilizatsiyasi markazi – maʼrifat sari eltuvchi global platforma
Serbiya Prezidenti Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi